Ro‘za uchun taqiq

Assalomu alaykum! Mening bir tanishim Akademiyada o‘qiydi. O‘qish va xizmat sababli u erda ro‘zaga ruxsat yo‘q ekan. O‘quv yili tugagach ro‘zani qazo qilib tutib beradimi yoki boshqacha yo‘l tutish kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ularga bildirmasdan bo‘lsa ham ro‘zani tutishi kerak. Ro‘z tutgan odam bilan tutmagan odamni ko‘rinishida farq bo‘lmaydi. Shuning uchun berkitib tutishsin. Vallohu a’lam!

23 May 2022, 17:01 | Savol-javoblar | 148 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar