Duoni o‘qib jannatga kirish

Assalomu alaykum! "Rodiyna billahi robbav va bil islami diynan va bi Muhammadin sollallohu alayhi vasallam Nabiyav va Rosulaa". Ustozlar mana shu duo haqida bir "Taqvim" kitobchada yozilganki kim shu "rozilik duosi"ni ertalab uch marta va kechasi uch marta aytsa, do‘zax olovidan qutulib, jannatga kiradi degan ekan. Shu hadis sahihmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Avval farzi ayn ibodatlar keyin unday duolarga qaraladi. Bu kabi hadislarning o‘zi bilan inson jannatiy bo‘lib qolmaydi. Avvalo farzlarni bajarishi kerak. Keyin u kabi ishlar hisobga olinadi. Bu ma’noda juda ko‘p hadislar kelgan. عن ابن عمر رضي الله عنهما، قال: قال رسول الله صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: أحب الأعمال إلى الله سرور تُدخله على مسلم، أو تكشف عنه كربةً، أو تقضي عنه دينًا، أو تطرد عنه جوعًا، ولأن أمشي مع أخ لي في حاجة أحب إلي من أن أعتكف في هذا المسجد - (يعني مسجد المدينة) - شهرًا، ومن كف غضبه، ستر الله عورته، ومن كظم غيظه، ولو شاء أن يمضيه أمضاه، ملأ الله عز وجل قلبه أمنًا يوم القيامة، ومن مشى مع أخيه في حاجة حتى أثبتها له، أثبت الله عز وجل قدمه على الصراط يوم تزل فيه الأقدام، وإن سوء الخلق ليفسد العمل كما يفسد الخلُّ العسل؛ حديث حسن رواه ابن أبي الدنيا والطبراني Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “ Alloh taoloning nazdida amllarning eng suyuklisi musulmonning qalbiga kiritgan hursandchiligingdir yoki undan biror musibatni aritishingdir yoki uning qarzini uzishingdir yoki ochligini ketkazishingdir. Men bir birodarimning xojatida yurishim men uchun shu (Madinai munavvaradagi) masjidimda bir oy e’tikof o‘tirishimdan yaxshiroqdir. Kim g‘azabini tiysa, Alloh taolo uning ayblarini berkitadi. Kim g‘azabini amalga oshirishga qodir bo‘laturib  g‘azabini ichiga yutsa, qiyomat kuni Alloh taolo uning qalbini xotrjamlikka to‘ldirib qo‘yadi. Kim bir birodarining xojatida bo‘lib uni xojatini chiqarsa, Alloh taolo qadamlar toyiladigan kunda uning qadamini sirot ko‘prigida mustahkam qiladi. Sirka asalni aynitgani kabi yomon xulq ham amalni botil qiladi.
Ibn Abu Dunyo va Tobaroniy rivoyati. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 06:36 | Savol-javoblar | 158 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar