Jaxannamda o‘lik xolda jazolash

Assalomu alaykum! Maruzada eshitdim imom Muslim rivoyat qilgan xadisda Alloh taolo mo‘minlarga raxm qilib jaxannamda o‘lik xolda jazolar ekan. Shu xadis bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hadis sahih. عَنْ أَبِي سَعِيدٍرَضِي اللهُ عَنْهُ، قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ  صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «أَمَّا أَهْلُ النَّارِ الَّذِينَ هُمْ أَهْلُهَا، فَإِنَّهُمْ لَا يَمُوتُونَ فِيهَا وَلَا يَحْيَوْنَ، وَلَكِنْ نَاسٌ أَصَابَتْهُمُ النَّارُ بِذُنُوبِهِمْ - أَوْ قَالَ: بِخَطَايَاهُمْ - فَأَمَاتَهُمْ إِمَاتَةً، حَتَّى إِذَا كَانُوا فَحْمًا، أُذِنَ بِالشَّفَاعَةِ، فَجِيءَ بِهِمْ ضَبَائِرَ ضَبَائِرَ، فَبُثُّوا عَلَى أَنْهَارِ الْجَنَّةِ، ثُمَّ قِيلَ: يَا أَهْلَ الْجَنَّةِ أَفِيضُوا عَلَيْهِمْ، فَيَنْبُتُونَ نَبَاتَ الْحِبَّةِ تَكُونُ فِي حَمِيلِ السَّيْلِ»، فَقَالَ رَجُلٌ مِنَ الْقَوْمِ: كَأَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَدْ كَانَ بِالْبَادِيَةِAbu Sa’id roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Do‘zax ahli bo‘lgan do‘zaxiylarga kelsak, ular u erda o‘lmaydi ham, tirilmaydi ham. Lekin gunohlari [yoki xatolari] evaziga do‘zax tutgan odamlar bo‘ladiki, u ularni bir marta o‘ldiradi. Nihoyat, ular ko‘mir bo‘lib qolishganda shafoatga izn beriladi. Ular gala gala qilib olib kelinadi da, jannat daryolariga sochib yuboriladi. Keyin: «Ey jannat ahli, ularning ustidan suv quyinglar», deyiladi. Ular sel oqizig‘idagi urug‘ unib chiqqandek unib chiqishadi». 
Qavmdagi bir kishi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xuddi sahrolarda yurganga o‘xshaydilar-a?» dedi». Vallohu a’lam!

25 May 2022, 15:00 | Savol-javoblar | 192 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar