Tilla bo‘lmagan taqinchoqlar

Assalomu alaykum! Tilla, kumush, bo‘lmagan, bujiteriya, temirdan yasalgan taqinchoqlarni  ayollar taqishi mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Hanafiy mazhabida mumkin emas. Boshqa mazhabdagilar joiz deyishgan. Erkaklar uchun taqinchoqlardan faqatgina uzuk joiz. U ham bo‘lsa kumush bo‘lishi sharti bilan. Boshqa, metal yoki plastik yoki mato yoki teri kabi narsalardan yasalgan taqinchoqlar halol emas.
“Javhara” kitobida : “Temir, mis, qo‘rg‘oshindan uzuk taqish erkaklar uchun makruh(tahrimiy)” deyilgan.
“Fatavoi Hindiya” kitobida : “Ayollar ziynat uchun sochlariga temir, mis, qo‘rg‘oshin kabilardan yasalgan taqinchoqlarni taqishi joiz. Ulardan yasalgan bilakuzukni taqish ham joiz” deyilgan. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:08 | Savol-javoblar | 147 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar