Otamga Qur’on o‘rgatmoqchiman

Assalamu alaykum! Hazrat, otamlar 47 yoshlar. Xotiralari past. Men ularga Qur‘on o‘qishni, arab harflarini, tajvidni o‘rgatmoqchiman. Lekin alifboni yod ololmayaptilar. Yozdirip o‘rgataymi yo bir amallab alifboni yod oldiraymi bilolmayapman. Iltimos, maslahat bersangiz.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Turli uslublarni ishlatib ko‘rish kerak. Yozdirib ham ko‘ring. Hech bo‘lmasa, Namozga kerakli suralarni yaxshilab yodlab olishlari lozim. Undan keyin imkoni bo‘lmasa, zikrlarni yo‘lga qo‘yasizlar.

3 May 2022, 05:05 | Savol-javoblar | 155 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar