Sotqin hisoblanmaymanmi?

Assalomu alaykum! Men maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlayman. Ba’zi fanlar ikki guruhga bo‘linib olib boriladi. Ba’zan o‘qituvchilar etishmagan holatda guruhlar qo‘shib yuboriladi. Lekin raxbarlar go‘yoki bo‘lib o‘tilganday kimlarnidur nomiga shu pulni yozib o‘zlashtirib yuboradi. Shu ishlarni fosh qilmasam men gunohkor hisoblamanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz hamma holatda ham vazifangizni chiroyli qilib bajaring. Avval ogohlantiring, tuzalishmasa, masullarga xabar bering. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 15:01 | Savol-javoblar | 147 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar