Matematika o‘qitish
Assalomu alaykum! Men hozirda universitet talabasiman universitetda amaliy matematika va informatika yo‘nalishida o‘qiyman. Men o‘qishni bitirganimdan kiyin o‘qituvchilik qilmoqchiman ya’ni matematika fani o‘qituvchisi bo‘lmoqchiman. Inshaalloh halol va savobli kasbligi uchun. Lekin meni shu narsa o‘ylantiradikii matematika fani o‘z ichiga shunday mavzularni oladiki ularni hayotta nimaga kerak ekan deb o‘ylab qolaman. Uni ustiga bunaqa mavzular juda ham ko‘p, hayotda kerak bo‘ladigani qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish va bo‘lish asosan ishlaydi qo‘shimcha yuza va hajmlar hullas arifmetika bularni hammasi. Men bularni qaerda ishlatamiz nimaga o‘rganayabmiz deb ustozlarimizdan ham so‘rganmiz ular ham negaligini aytisholmagan deyarli. Sizdan so‘ramoqchi bo‘lgan narsam shuki nimaga kerakligini o‘zim ham bilmagan narsalarni maktab darslarida o‘rgatsam ham Ilm o‘rgatishni ya’ni ustozlikka vada qilingan savoblarni olamanmii?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Insonlar o‘z hayotlarida matematikadagi murakkab qoidalar qo‘llashga ehtiyojlari tushmasligi uning befoyda ekanini bildirmaydi. Balki ushbu fandagi ilmlar nima uchun kerak ekanligini bilmayotganimiz, u qo‘llaniladigan sohalar haqida o‘ylanib ham ko‘rmayotganimiz juda achinarli hol. Albatta bu ilm manfaatli va ummatning rivoji uchun xizmat qila oladi. Uni o‘rganib farzi kifoyadir. Modomiki uni ado qilishni o‘z zimmangizga olgan ekansiz, oxirigacha boring. Matematikaga ixtisoslashtirilmagan umumta’lim maktablarida ushbu fanning chuqurlashtirilgan shaklda o‘tilishi esa alohida bahsli masaladir. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 15:01 | Savol-javoblar | 133 | Turli savollar