Vasvasami
Assalomu alaykum! Xayolimga shunday narsalar keladiki o‘zimdan nafratlanib ketaman. Bu xayollar judayam turli xil shaxvoniy xayollar, shubhalar, gumonlar xullas tilim bilan aytsam aniq kofur bo‘laman. Payg‘ambarimuz haqida ahli ayollari to‘g‘risida( bazida bunday hayollar onamga nisbatan ham keladi shunda xayotdan butunlay sovub ketaman). Men bunday xolatga tushganimga ancha bo‘lgan 10 yildan oshgan chamamda. Hech qutila olmayapman. Alhamdulillah nomoz o‘qiyman. Duolarimda har doim bu xayollardan qutulishni so‘rayman. Meni bu dunyoda ushlab turgan yagona narsa "umid". Juda ko‘p dipressiyaga tushganim sababli kasallik ortirib olganman. Internet saytlarda shunga o‘xshash savollarni juda ko‘p o‘qiyman, o‘zim ham sizlarga ko‘p savol yo‘llaganman, javoblariniyam o‘qiyman lekin hech ko‘nglim taskin topmayapti. Qanday yo‘l tutay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kishi nimani ko‘p ko‘rsa, nima bilan ko‘p mashg‘ul bo‘lsa, fikri o‘sha bilan mashg‘ul bo‘lib qoladi. Savdogar har erda bozorni, dehqon dalani, temirchi temirni, nonvoy nonni ko‘raveradi. Shuningdek, doimo botil narsaga qo‘l urib yurgan odam ham har erda shuni o‘ylayveradi. Bu tabiiy holatdir. Inson tabiati shunday yaratilgan. Agar siz solih bo‘lsangiz, Alloh harom qilgan ishlardan chetda bo‘lsangiz, vaqtingizni halol kasb, ilm tahsili, savobli amallar bilan mashg‘ul qilsangiz, hayolingiz ham amalingiz kabi pok bo‘ladi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 15:21 | Savol-javoblar | 185 | Ruhiy tarbiya