luqma haqida

Assalomu alaykum Shayx Xazratlari. Xazrat bir savolim bor edi. Savol: Xazrat hozirda bir odam ishsiz va qarzdor bo‘lsa va qarzi kundan-kunga ko‘payib ketayotgan bo‘lsa, ya‘ni olgan qarzini vaqtida qaytaray deb undan olib bunga, bundan olib unga qilayotgan bo‘lsa, va shu orada oilasini ham boqayotgan bo‘lsa, ya‘ni odamlardan olgan pullarga boqayotgan bo‘lsa, bu oila a‘zolari eyayotgan luqma halol bo‘ladimi yo harommi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. O‘ziga halol bo‘lmaydi. Bolalariga berganiga ham gunohkor bo‘ladi. Bolalar uning qaramog‘ida bo‘lgani, o‘sha narsani emasa och qolishi yuzasidangina ularga nafaqa haqqi sifatida ruxsat berilgan.2. Boshqa narsalar halol bo‘lmaydi. Och qolish yuzasidangina nafaqa haqqi bor, o‘zini o‘zi boqa olmaydiganlarga ruxsat berilgan, xolos.

6 May 2022, 21:54 | Savol-javoblar | 161 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar