Tahoratda
Assalomu alaykum! Tahoratdan kichik hojat qilib bavlni siqib tashar edim. Keyin bilsam yuvish kerak ekan endi o‘qigan namozlarim nima bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! «Istinjo» so‘zi lug‘atda «axlatni ketkazish» degan ma’noni anglatadi.
Fuqaholar istilohida esa najosatni suv va shunga o‘xshash narsa yordamida ketkazish yoki toshga o‘xshash narsa bilan artishga «istinjo» deyiladi.
Agar najosat maxrajdan bir dirhamdan ko‘proq tarqalgan bo‘lsa, undan istinjo qilish vojibdir.
Chunki bir dirham afv qilingan miqdordir. Undan ziyodidan poklanish albatta vojib bo‘ladi.
Najosatni yuvish shart qilinmagan tosh, istinjo uchun alohida tayyorlangan qog‘ozdan foydalansangiz ham bo‘ladi.
Istinjo uchun alohida tayyorlangan qog‘oz bilan istinjo qilishga hamma ulamolar ruxsat berganlar. Chunki bunday qog‘ozlar aynan mana shu maqsad uchun tayyorlangan narsadir. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 15:24 | Savol-javoblar | 185 | Tahorat