Charchadim bu dunyodan
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar juda tushkunlikka tushdim bu dunyodan charchadim dadam ko‘p ichadilar hozzirda tutqanoqli bo‘lib qoldilar ichadilar mazalarini qochiradi bir amallab davolab tuzatsak yana mukkasin ketib ichadilar shunchalar ozimni ojiz his qilyapmanki faqat duo qilaman tinmay 3 farzand onasiman qolimdan keguncha soliha ayol bo‘lishga harakat qilaman erim Rossiyada 7 oy bo‘ldi judayam sog‘indim to‘g‘risini etsam haliveri bormayman deydilar keling desam urushib beradilar ko‘p o‘rtamizda muammolar chiqdi har safar mendan o‘tgan bosayam uladan o‘tgan bo‘sayam o‘zim uzur so‘rab yarashaman g‘azablari shunchalar tezki urushib beradilar oddiy gapga ham to‘g‘risini etsam harsapar urushsala ko‘nglimga og‘ir botadi ularni g‘azablarini yutishdan charchadim aslida yomon odam emasla faqat jahllari juda tez. Qur’on yodlayotgan tolibaman, fiqh o‘rganmoqdaman ilm olgansari ko‘nglim yumshoq, lekin shu judayam nozik bo‘lib ketyapti. Erim bilan ajrashib ketgim ham ketyapti lekin farzandlarimchi qaergayam boraman qaergayam sig‘aman. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bekkorga bu dunyodan ketgilari kelgan emasakan aslida bu mening qiyinchiligim ularni tortgan mashaqatlari oldida hech nima emas bilaman noshukurlik qilyapmanmi yoki. Atrofimdagilar erini muloyim mehribonligini ko‘rib shunchalar havasim keladiki oldin hayotimdagi gunohlarim uchun kafforatmikin yoki... ustozlar meni hechkimim yo‘q bu gaplarni aytishga menga nasihat qilinglar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz sabr qilib, savob umidida bo‘ling. Allohning huzurida bu sabrlarning savobi zoe bo‘lmaydi. Eringizga ham yaxshi muomala qiling. Bir kelib ketishlarini iltimos qilib so‘rang. Shariatda erkak kishi to‘rt oydan ortiq safarda ayolini tashlab yurishi durust emas. Albatta sharoitni ham inobatga olish kerak. Allohdan yaxshilik umidida bo‘ling. Alloh O‘zi sizga yordamchi bo‘lsin, qalbingizga sokinlik va rozilikni ato qilsin! Vallohu a’lam!
25 May 2022, 15:26 | Savol-javoblar | 159 | Oila va turmush