Erning ruxsatisiz safarga chiqish

Assalomu alaykum! Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarini «Erning ruxsatisiz» mp3 dasturlarida aytilgan bir gapga oydinlik kiritib berishingizni iltimos qilaman. Ayol kishi 3 kundan ortiq mahramsiz safarga chiqishlari mumkin emas deganlari haqida to‘liqroq ma’lumot bersangiz. 1 yoki 2 kunga chiqishlari mumkinmi? Yoki nechadur km joydan u yog‘iga mahramsiz borib bo‘lmaydimi? Shu haqida batafsil tushuntirib bersangiz iltimos, Alloh sizlardan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عَنْ أَبِى سَعِيدٍ الْخُدْرِىِّ قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ -صلى الله عليه وسلم- "لاَ يَحِلُّ لاِمْرَأَةٍ تُؤْمِنُ بِاللَّهِ وَالْيَوْمِ الآخِرِ أَنْ تُسَافِرَ سَفَرًا يَكُونُ ثَلاَثَةَ أَيَّامٍ فَصَاعِدًا إِلاَّ وَمَعَهَا أَبُوهَا أَوِ ابْنُهَا أَوْ زَوْجُهَا أَوْ أَخُوهَا أَوْ ذُو مَحْرَمٍ مِنْهَا" Abu Sa’iyd Xudriy roziyallohudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan ayol uchun uch kunlik va undan ortiq masofaga otasi yoki o‘g‘li yoki eri yoki aka-ukasi yoki mahram qarindoshisiz safar qilishi xalol bo‘lmaydi”, dedilar”. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 13:03 | Savol-javoblar | 143 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar