G‘usl qilgan odam qilmaganga qarasa nima bo‘ladi
Assalomu alaykum! Jinsiy aloqadan so‘ng men g‘usul olib turmush o‘rtog‘im ertalab g‘usul olaman deb uxlab qolsa men uni yonida yotsam tongda yana g‘usul olishim kerakmi yoki taxorat qilsam bo‘ladimi? 2. Namoz o‘qishdan oldin taxorat olib kelib namoz boshlaganimda vidilena kelsa taxoratim buziladi, bunday paytda nima qilishi kere?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). G‘usl qilgan odam g‘uslsiz odamga tegsa, qarasa yoki yonida yotsa zarar qilmaydi. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: لَقِيَنِي رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ مَرَّةً فِي طَرِيقٍ مِنْ طُرُقِ الْمَدِينَةِ وَأَنَا جُنُبٌ فَاخْتَنَسْتُ. وَفِي رِوَايَةٍ: فَانْسَلَلْتُ فَذَهَبْتُ فَاغْتَسَلْتُ ثُمَّ جِئْتُ، فَقَالَ: أَيْنَ كُنْتَ يَا أَبَا هُرَيْرَةَ؟ قُلْتُ: إِنِّي كُنْتُ جُنُبًا فَكَرِهْتُ أَنْ أُجَالِسَكَ عَلَى غَيْرِ طَهَارَةٍ، قَالَ: سُبْحَانَ اللهِ! إِنَّ الْمُسْلِمَ لَا يَنْجُسُ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Bir marta Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga Madinaning yo‘llaridan birida yo‘liqib qoldilar. Men junub edim, o‘zimni chetga oldim».
Boshqa rivoyatda:
«(Bildirmay chetlandim). Borib, g‘usl qilib keldim. U zot:
«Ey Abu Hurayra, qaerda eding?» dedilar. Men:
«Junub edim, siz bilan nopok holimda o‘tirishni yoqtirmadim», dedim. U zot:
«Subhanalloh! Musulmon najas bo‘lmas», dedilar», deyilgan.
2). Bunda tahorat buziladi. Yangi tahorat olib namozni qaytadan o‘qishingiz kerak. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 15:36 | Savol-javoblar | 173 | Turli savollar