Zinokor xonadosh

Assalomu alaykum! Man sizlarga bir nozik masalada yordam so‘rayman. Biz 4 kishi ijarada turamiz. 2 kishi namozxon 2 kishi esa namoz o‘qimaydi. Hech qaysi birimiz uylanmaganmiz. Lekin bazida oramizdan birimiz (namoz o‘qimaydi) biz uyda bo‘lmaganimizni bilgach. Uyga bir bevani chaqiradi. Va shunday vaziyat bo‘p qoladiki Man uyda bo‘p qolaman. Shunda haligi menga uydan chiqib tur yoki qishlog‘inga borib kel deb aytadi. Biz bu borada tortishib ham qoldik. Man rozi bo‘lmiman. Lekin u juda jahldor bo‘p ketadi. Shunda chiqishga majbur bo‘laman. Savolim shuki. Man shu uydan chiqib turganim uchun unga sharoit yaratib berganim uchun zinoga sherik bo‘p qolmadimmikin. Bu 2 3 martacha bo‘ldi. Qo‘rqib ketyapman. Buni hukmi nima bo‘ladi? Agar bundan manga gunohi bo‘lsa nima qilishni maslahat berasizla?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yoki uni chiqarib yuboringlar yoki siz chiqib keting. Yoki uni tuzatinglar. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 15:50 | Savol-javoblar | 180 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar