Nasiya savdo sharti

Assalomu alaykum! Nasiyaga mashina olmoqchi edim olib beruvchi odam o‘zida mashina yo‘qligi sababli o‘zim topsam usha mashinani nasiyaga olib berishiga kelishgandik manga yoqgan mashina uzoq viloyatdan chiqdi olib beruvchi odam uzoqga borolmaganligi sababli o‘zimni shaxsiy pulimga nomimga sotibolib keldim endi bu mashinani manga nasiyaga olib beruvchi odamga qaysi yo‘l bilan unga sotsamu o‘zimga nasiya qilib olsam halol bo‘ladi? Iltimos to‘g‘ri yo‘lni tanlashda yordam berin
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Savolni mashinani sotib olishdan oldin berish kerak edi. Sizga moshinani nasiyaga olib beradigan odam, pulini berib sizni vakil qilib, o‘sha moshinani sotib olib keling deganda, muammo bo‘lmas va shariatga muvofiq bo‘lar edi. Endi bu moshinani nasiyaga beradigan odamga sotib, qayta olishingiz mumkin emas. Vallohu a’lam! Quyidagi havolalarda bu haqida javob berilgan:https://savollar.islom.uz/s/68454 
https://savollar.islom.uz/s/20051 

25 May 2022, 15:50 | Savol-javoblar | 180 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar