Qiyomatga qoluvchi qarz

Assalomu alaykum! Qadrlik ustozlar, biz bir tanishim bilan birga ish qilgandik. Ish boshlangandan ko‘p o‘tmasdan men o‘z ulushimni chiqazib olishga majbur bo‘ldim. Oradan 7 yillar o‘tib yana shu masala ko‘tarildi. Oramizdan ancha yomon gaplar o‘tdi. Shu paytgacha bir og‘iz ishdan ko‘rilgan ziyonni to‘lashim kerakligini aytmagandi. Jaxl ustida qancha berishim kerakligini so‘radim. Ishga umumiy 37000 tikilgan, ishdan ziyon 25000 bo‘lgan va meni ulushim 5000 edi. Shunda, xoxlasangiz 12000 ziyonni 3ga(ishda 3 kishi pul tikkan) bo‘lib 4000 bering. Xoxlasangiz siz ishdan chiqyotgan payt 5000 ishlatilgan edi shundan 1650 (30% ziyon xisobidan) bering dedi. Usha payt jaxl ustida 1650ni qilib berishim va xech qanday savol so‘ramasligimni bayon qildim. Vaxolanki bu ish oxirida tanishim to‘lamagan xaqlarini (400-600 atrofida)men xaqdorlarga to‘lagandim. Alxamdulillax, bugun qarzimdan butunlay qutildim. Xamma pulni to‘lab bo‘lib yana qarzim bormi desam yoq dedi. 3 marotaba xisob-kitob qilishi va oramizdagi oldi-berdilarni qarab chiqishi yo‘qsa qiyomatga qolishini aytdim. Lafz qilganim uchun to‘lagan pullarimni aytmadim. Aytingchi usha man to‘lagan pullar endi qiyomatga zaxira bo‘lib qoladimi, yoki lafzimdan qaytib unga qaerda va qancha pul to‘laganimni aytishim kerakmi? Uzundan uzun savol uchun sizlardan uzr so‘rab qolaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Aytib, oling. Aytmasangiz ixtiyoringiz. Albatta savobini olasiz. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 14:46 | Savol-javoblar | 179 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar