Tepamda xudo turibdi deyish
Assalomu alaykum! Xalqimmiz ko‘pchilik aytadi “tepamda Xudo turibdi” deb buning xukmi nima? Xudoga makon tayin qilib qo‘yishga kirmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh taolo "Yusuf" surasida marhamat qiladi: وَفَوْقَ كُلِّ ذِي عِلْمٍ عَلِيمٌ 76...Har bir ilm egasi ustidan o‘ta biluvchi bor.
Bu degani har bir ilm egasining turgan joyidan teparoq joyda “o‘ta biluvchi bor” degan ma’noni bildirmaydi. Balki undan o‘ta ilmli bo‘lgan bir Zot bor degan narsa tushiniladi. Xuddi shuningdek sodda qilib aytsak bir xotin “Boshimda erim bor” desa birorta bir aql egasi u xotinni eri boshiga chiqib olib tushmaydigan inson degan narsani tushunmaydi. Tepamda boshlig‘im bor degan odam ham u gapdan do‘ppisining ustiga minib olgan bir boshliq bor degan narsani tushunmaydi. Balki uni ixtiyori o‘zida emas, har bir ishini so‘rab qilishi kerak bo‘lgan kishining borligini anglatadi. Xalqimizda tepamda Xudo turibdi degan gapni aytuvchilari odatda men gapirib turgan gapni eshitib turgan, ko‘rib turgan va guvoh bo‘lib turgan Zot bor degan ma’noda ishlatadi. Allohga biror joy yoki makonni isbot qilish uchun ishlatmaydi. Gapining shunday joiz ehtimoli bor ekanmi, u gapni aytgan odamni aslo kofirga hukm qilinmaydi. Siz bir narsani tushuning, Alloh taolo yolg‘iz O‘zi bo‘lib hech qanday makon degan narsa yo‘qligida ham bor edi. Hozir ham o‘shanday degan tushunchada bo‘ling. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 18:13 | Savol-javoblar | 152 | Turli savollar