Onlayn savdo
Assalomu alaykum! Alloh ilmingizni ziyoda qilsin. Men onlayn savdo bilan shug‘ullanaman. Xaridorlar oldindan 10% to‘lov qilishadi, shundan keyin mahsulotni olib kelib beraman. Faqat buyurtma asosida sotaman. 1). Agar xaridor buyurtmasidan voz kechsa unga 10% to‘lagan pulini qaytarishim kerakmi? 2). Agar xaridor buyurtma qilib, uni olgach, yoqmaganini bahona qilib qaytarib bersa, tovarni hamma pulini qaytarishim kerakmi yoki uni olmaslikka haqqim bormi? (Xaridorlar buyurtmani tasdiqlagandan so‘nggina buyurtmalarini qabul qilaman). 3). Yaqinda bir xaridor mahsulotni bir oy o‘tgandan so‘ng "uni kiymadim, yoqmadi, sizga aytgandim yoqmaganini pulimni qaytaring" deb turib oldi, nima qilganim joiz? Maslahat bering, iltimos. Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Savdoingiz shariatga muvofiq bo‘lishi uchun, siz bu savdoda kimligingizni ochiq-oydin ayting. Ya’ni “molni sotuvchisi yoki ishlab chiqaruvchisi emas, balki tanlaganingizni olib kelib beruvchiman” deb ogohlantiring va olib kelib berish xizmat haqingizni belgilab oling. Vallohu a’lam!
6 May 2022, 10:45 | Savol-javoblar | 159 | Moliya va tijorat