@Savollar_kanal 8958-savolga tushuntirish

Assalomu alaykum! Ustozlar telegram savollar kanalidagi 8958-savol haqida so‘ramoqchi edim, bu savolga javoban aslo aralashmang deya javob berilgan ekan. Lekin bu holatda shu uka pochchasini yaxshilab tazirini berib qo‘yishi kerak emasmikan chunki bazilarga jiddiy tegilsa qo‘rquvdan bo‘lsa ham o‘zini tiyadi? Rosululloh sollallohu alayhi va sallam hadislarida "Agar bir munkar ishni ko‘rsangiz, qo‘lingiz bilan qaytaring, unday bo‘lmasa tilingiz bilan, u ham bo‘lmasa iymonning zaifligiga dalolat qiladigan qalbingiz bilan qaytaring", albatta bu hadisda qaytaring deyilgan lekin insonga hujumga o‘tilsa o‘zini himoya qilish va qarshi zarba berish haqqi ham borku, harholda opa-singil aka-uka uchun qadri qandayligini aytmasak ham bo‘ladi, ularni ko‘z oldida kaltak eyishiga qanday jim qarab turish mumkin, iltimos shu javobni batafsilroq yoritib berishingizni so‘rardim, men bilmagan hikmat bordur balki javobda.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Eng achinarlisi biz o‘zimiz guvohi bo‘lgan bir necha voqe’ada aka-ukalar aralashishdi, qiz qaytib yashamayman degan holatga keldi. 4-5 oy o‘tgach singil qochib erning uyiga borib oldi. O‘ldirsangiz ham siz bilan yashayman deb turib oldi. Aka-uka el chiqargan sigirdek qolishaverdi. Biz haqimizda ham “ular tahminan gapirishadi” deb o‘ylamang. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 15:53 | Savol-javoblar | 163 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar