Ichuvchi do‘stlar davrasida

Assalomu alaykum! Davrada 10 kishi o‘tirsa 3tasi ichimlik ichsa, qolgan 7 kishi xam gunohkormi? Davrani tark etib ketay desa do‘st-og‘aynilardan xijolat bo‘lsa nima qilish kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Musulmon odam harom ichkiliklar bo‘layotgan joylarga bormasligi kerak. Alloh taolo "Furqon" surasida marhamat qiladi:  وَيَوْمَ يَعَضُّ الظَّالِمُ عَلَى يَدَيْهِ يَقُولُ يَا لَيْتَنِي اتَّخَذْتُ مَعَ الرَّسُولِ سَبِيلًا۝ 27. U Kunda zolim ikki qo‘lini tishlab: «Eh, qani edi Rasul bilan bir yo‘lni tutgan bo‘lsam!» – der.  يَا وَيْلَتَى لَيْتَنِي لَمْ أَتَّخِذْ فُلَانًا خَلِيلًا۝ 28. «Evoh! Qani edi, falonchini do‘st tutmagan bo‘lsam», – der. لَقَدْ أَضَلَّنِي عَنِ الذِّكْرِ بَعْدَ إِذْ جَاءنِي وَكَانَ الشَّيْطَانُ لِلْإِنسَانِ خَذُولًا۝ 29. «Batahqiq, menga Zikr kelganidan so‘ng, u meni adashtirdi. Shayton insonni yordamsiz tashlab ketuvchidir».  Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:31 | Savol-javoblar | 151 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar