Turmush qura olmayotkan qiz
Assalomu alaykum! Bir 27 yoshlar atrofidagi qiz bor. U judayam yaxshi qiz. Pedagog bo‘lib ishlaydi. Lekin oila qurish masalasida hech omadi chopmayapti. O‘tkan yili bir yigitga unashtirildi, lekin yigit bir oilali ayol bilan muloqotda ekanini bilib qolgan ( yigitning telefonidagi telegram yozishmalarini o‘qigan o‘z ko‘zi bilan, juda ochiq suhbat aks etkanini aytkan) shundan keyin to‘y bekor qilindi. Hozir yana bir yigitga unashtirildi lekin bu yigit bilan ham sal muammo borga o‘xshayapti. Shu qizga qanday maslahat berasizlar. O‘zi namozxon qiz. Oilam deydigan qizlardan. Ishlagan oyligini ham ota-onasiga olib borib beradi. Bu qiyinchiliklardan o‘tib baxtli oila qurishiga alloh o‘zi erishtirsin. Shu qizga hozir judayam maslahatinglar kerak tushkun ahvolda, yana turmush quray deb turgan paytda to‘y bekor boladiganga oxshayapti. Buyoqda ota onasi siqilgan. O‘qiyman deb ancha yoshi ham katta bo‘lib qoldi shu tarafdanam siqiladi bu qiz. Lekin turmush qursa turmush ortog‘ini baxtli qiladigan qizlardan. Negadir baxti ochilib ketolmayaptida. Iltimos unga tushkunlikdan chiqish uchun maslahat beringlar. Men unga shu maslahatni o‘qib beraman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 40 kun har namozdan keyin 21 marotabadan. Ya Rohmaan. Ya Rohiym. Ya Hadiy. Bu tajriba asosida aniqlangan narsa. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 15:53 | Savol-javoblar | 155 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 40 kun har namozdan keyin 21 marotabadan. Ya Rohmaan. Ya Rohiym. Ya Hadiy. Bu tajriba asosida aniqlangan narsa. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 15:53 | Savol-javoblar | 155 | Oila va turmush