Shavvol ro‘za

Assalomu alaykum! Shavvol oyining ro‘zasini ayni damda tutyapman. Shunda iftorlik va saharlik vaqtida qanday duo o‘qish kerak ëki nafl ro‘zaning muayyan duosi bormi? Nafl ro‘zasini tutish uchun ota-onadan ruxsat yoki ijozat olish shartmi va nafl ro‘zaning iftorlik payti qaysi vaqtgacha bomdoddan bir soat oldinmi yo bomdod kirguncha saharlik qilish mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Muayyan duosi yo‘q. Ro‘za tutishni niyat qildim desangiz va ochishdi Allohim qabul qil desangiz bo‘ldi. Ota-ona ruxsati shart emas. Bomdod vaqti kirishidan yarim soat oldinroq to‘xtating! Vallohu a’lam!

25 May 2022, 15:55 | Savol-javoblar | 138 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar