Qalam, Lavhul-Mahfuz

Assalomu alaykum! Ra’d surasi 39 oyat-"Alloh nimani xohlasa, mahv qilur, nimani xohlasa, sobit qilur. Ona kitob Uning dargohidadir". Tafsir: "Ha, Alloh taolo dunyodagi narsalardan nimani foydasiz yoki muddati bitdi, deb topsa, mahv etadi, yo‘qotadi. Nimani foydali deb topsa, tursin desa, sobit qiladi, qoldiradi. Bularning hammasi va boshqa narsalar yozilgan ona kitob Allohning huzuridadir". Ustozlar tushunishim bo‘yicha oyatdagi Ona kitobdan murod Lavhul-Mahfuz. Bundan biz Alloh Taolo Lavhul Mahfuzga yozib qo’ygan narsasini o’zgartirishi mumkinligini tushunishimiz kerakmi? Ammo aqida bo‘yicha qalam qurigan, Lavhul-Mahfuzdagi yozilgan narsalar taqdir o‘zgarmaydiku?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kitob ikkita. Biri maxluqotlar haqqida farishtalar qo‘llariga yozib berilgan kitob. Unda o‘chirish va o‘zgartirish bor. Ikkinchisi Lavhul-Mahfuz. Undagi narsa aslo o‘zgarmaydi. Bu ba’zi bir ulamolarning qavlidir. Ikkinchisi esa Lavhul-Mahfuzda o‘chirish yoki o‘zgartirish mumkin, lekin bu tafsiriga binoan oyatdagi Ummal kitob u Allohning ilmi bo‘ladi. U o‘zgarishdan pok. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 15:56 | Savol-javoblar | 255 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar