Salam savdo
Assalomu alaykum! Biz salam savdosiga muvofiq mdf sotamiz. Naxt pulga va aynan shu zavoddan demastan, shu sortdagisini olib keberaman deb pulni olaman. Endi bazida falon bazada faloncha mdf turipti, shu mdflarni menga keltirib bering deb to‘liq naxt sanab beradi, biz olib keb beramiz, Lekin narxi ochiq oydin aytamiz u bazaga nisbatan bizda 2$ qimmat sababi yo‘lkira olib kelish va foyda uchun. Bu erda mijoz bizga aynan shu bazani shu sortini olib kelib ber va kesish xizmatini xam bizda qildirip o‘sha mdflarni kestirib ketadi va naxt pul to‘lap ketadi. Biz olib kelib olaylik oldin keyin pulni to‘laysiz desak ham ko‘nmaydi, pulni ishlatib yuborishim mumkin deb. Bazida mijozdan pulni olamiz ertasiga o‘sha bazaga borib o‘sha mdflarni olamiz desak, ular sotib qo‘ygan bo‘ladi. Mijozga aytsak vaqtida olib kelmagansilar deb hafa bo‘lishadi. Shu holatimiz joizmi? Nima mumkin tomonni qilsak bo‘ladi yoki?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! “falon bazada faloncha mdf turipti,shu mdflarni menga keltirib bering” - bu kelishuv salam savdosi bo‘lsa, joiz emas. Ular uchun o‘sha mahsulotni sotib olib, so‘ng keltirib berishingizni so‘rashayotgan bo‘lishsa, joiz. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 14:24 | Savol-javoblar | 164 | Moliya va tijorat