Musulmon insonni iymonga da’vat etish

Assalomu alaykum! Bir savol meni anchadan beri qiynab keladi. Mening yoshlikdan birga katta bo‘lgan do‘stlarim bor. Ular o‘zi yomon bolalar emas, ammo diniy bilimi yo‘q, halol-haromning farqini yaxshi ajratishmaydi. Ularga tushuntirishga harakat qilaman, lekin tushunishmaydi. Meni shu yoshga kirib zino qilmaganimni ham hazilga olib kulishadi. Oldin jahlim chiqardi, hozir esa ularga achinaman. O‘zim bilgan hamma narsani aytgim kelmaydi, chunki foydasiz. Bir qori domlaning ma’ruzalarida bilganini aytmagan odamlarga etkazmagani uchun qiyomatda tili olov qaychi bilan kesilishi haqida eshitib qoldim. Mening fiqhiy ilmim oz bo‘lsada bor. Yangi namozxon uchun kerakli ma’lumotlarni bera olaman, chunki men ham bu holatlarni boshimdan o‘tkazganman. Ishonchli manbalardan javob berishga harakat qilaman. Men ushbu holatda do‘stlarimga qo‘shilmasligim kerakmi? Mening ulardan boshqa do‘stlarim yo‘q. Alloh sizlardan rozi bo‘lsin.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Do‘st deb Allohning roziligiga, yaxshi ishlarga chorlovchi kishilarga aytiladi. Siz ularga do‘st bo‘lsangiz-da, ular sizga do‘st emas ekan. Qolaversa, hidoyat Allohdan. Bizning vazifamiz qo‘limizdan kelganicha ularni yaxshilikka chaqirish. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 16:40 | Savol-javoblar | 158 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar