Oshxonada ishlash masalasi

Assalomu alaykum! Ustoz maxalamizda bir oshxona ishga tushdi. Bu joyda boshliqlar oylik qilib bermaymiz, ish haqingizni xaridorlardan mehnatiz evaziga 10% olasiz deyishdi. Xudoga shukur 3 yilga yaqindan beri ishlab kelmoqdaman. Alkogol maxsulotlar yo‘q, shu joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ijara kitobida qilingan mehnatidan xizmat haqi belgilashni nojoiz degan. Oz bo‘lsa ham oylik belgilab qolgani keltirgan foydangizni 10% desa joiz. Vallohu a’lam!

27 Aprel 2022, 17:29 | Savol-javoblar | 155 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar