Abu Tolib haqida

Assalomu alaykum! Men payg‘ambarimizning amakilari Abu Tolib haqida Ahmad Lutfiyning Saodat asri qissalarida o‘qiganman, u Rasululloh sollallohu alayhi vassalamga mehribon bo‘lib, doim oldilarida himoya qilib turganlar. Abu Tolib qanchalik Payg‘ambarimiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni yaxshi ko‘rsalar va dinini haq din ekanini bilsa ham balki Payg‘ambarimizni himoya qilolmaslikdan qo‘rqqani uchunmi o‘zi imonga kirmagan. Avvalo Alloh biladi ammo shu kitobda kelgan hadisga ko‘ra: Boshqa amakilari Abbos Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni topdi va oralarida bunday suhbat o‘tdi: - Amaking Abu Tolib o‘layotganida yonida edim. Lablari qimirlayotganday bo‘ldi. Darrov qulog‘imni og‘ziga tutdim va so‘zlashini sen orzu qilib yurgan kalimalarini aytganini eshitdim, - dedi. Payg‘ambarimiz qisqagina qilib: Men eshitmadim. dedilar. Demak bu hadisdan kelib chiqadiki agar sahih bo‘lsa Abu Tolibni imonli yoki imonsiz ketgani bizga ayon emas menimcha. Biz uni imonsiz ketdi deyishimiz to‘g‘rimi? Balki men hali yoshligim va ilmim ancha ozligi sababli ko‘p narsalarni chunmayapman. Noto‘g‘ri savol bergan bo‘lsam ming bor uzur!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Iymonsiz ketganligi aniq. Jumhur ulamolarning qavli shu. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 14:59 | Savol-javoblar | 142 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar