Munofiqlikdan qutilish
Assalomu aleykum! Men o‘zimni kundan kunga munofiqlashib borayotganimni sezyabman. Shunga qanday yo‘l tutsam bo‘ladi? Bunga atrofimdagi insonlarning ham tasiri bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh taolo “Shams” surasida marhamat qiladi:فَأَلْهَمَهَا فُجُورَهَا وَتَقْوَاهَا8. Unga fujurini va taqvosini ilhom qildi.
Ushbu oyatda Alloh taolo bandalarining ichiga gunohga boshlovchi unsurni ham taqvoga boshlovchi unsurni ham qo‘yganini bayon qilgan. Inson gunoh ishlarga yaqinlashganda, buzuq narsalarni ko‘rganda, buzuq odamlarga yaqinlashganda fujurga boshlovchi unsur ishqalanib harakatga keladi va insonni ham o‘sha tomonga harakatga keltiradi. Taqvoga sabab bo‘ladigan ishlar, kishilar va nasihatlarga yaqinlashganda taqvo unsur ishqalanib harakatga keladi va insonni ham o‘sha tomonga harakatga keltiradi. Gohida inson avvaldan o‘sha ishlarga bulg‘anib keyin tavba qilgan bo‘lsa har esiga tushganda o‘sha fujurga boshlovchi unsur harakatga kelib qoladi. Bu harakatga kelish ayb emas, bu narsa hammada sodir bo‘ladi. shunday vaqtda taqvoni harakatga keltiruvchi omillarga yaqinlashish kerak bo‘ladi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 15:57 | Savol-javoblar | 165 | Turli savollar