Onam yoki erim qay birini aytganini qilay

Assalomu alaykum! Turmushga qurganimga 12 yil bo‘ldi. 3 nafar farzandim bor Alxamdulillax baxtliman turmush o‘rtog‘im xam juda yaxshi inson. Bizga oilaviy grin karta yutug‘i chiqdi xo‘jaynim oilaviy ketamiz dedila. Meni uyimdagi onam akalarim bunga qarshi. Ering o‘zi ketaversin sizlar bormaysizlar ketsang rozimasmiz gaplashmimiz sen bilan deyishyapti. Boshim qotdi qay birini gaplariga quloq solay? Oilamni yaxshi ko‘raman turmush o‘rtog‘imni xam. Onam norozi bo‘lsa menga gunox yoziladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ayol turmushga chiqqanidan so‘ng, unga boshqa barchadan ko‘ra eri haqliroqdir. Erga itoat qilish vojibdir. Eringizning qarori qanchalik to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligi boshqa masala. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 22:55 | Savol-javoblar | 144 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar