Oziq ovqat

Assalomu alaykum! Men bug‘doy ekganman yaqin kunlarda xosilni yig‘ishtirib olaman in shaa Alloh (iltimos sizlar xam duo qilinglar Alloh xosilimga baraka bersin). Men olib sotarmasman va xozir pulga ehtiyojim yo‘q. Bug‘doyni daladan uyga olib kelib saqlab qo‘ysam ma’lum vaqtdan keyin sotganimda narxi ko‘tarilgan bo‘lsa sotsam bo‘ladimi? Ehtikor bo‘lib qolmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ishlab chiqaruvchilar va etishtiruvchilar o‘z mahsulotlarini sotmay ushlab turishlari ehtikor hisoblanmaydi. Vallohu a’lam!

19 Iyun 2022, 17:12 | Savol-javoblar | 156 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar