Hijob o‘rash bo‘yicha

Assalomu alaykum! Bir hadisda "ko‘zga tashlanmaydigan kiyim kiyish kerak" deb o‘qib qoldim, lekin ko‘pchilik qora kiyim kiyish yaxshimas shaytonni o‘ziga tortadi deyishadi, shu gap qanchalik to‘g‘ri? Qora kiyish mumkinmi? Ro‘mol ostidan sochni qay tarzda yig‘ishtirish mumkinligi haqida hadislar bormi? Sochni o‘ralib olgan ilonga o‘xshatib yig‘ma deyishlik qanchalik to‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shariatimizda avratni berkitish kerak. Rang va boshqa narsani e’tibori yo‘q. Sochni boshning yuqori qismiga tuyaning o‘rkachi kabi do‘pppaytirib olish joiz emas. boshqa holati joiz. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 16:21 | Savol-javoblar | 151 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar