Ishdagi xalolikda shubxa

Assalomu alaykum! Men xozirda bir internet do‘konini savdo bo‘limida ishlayman. Biz turli xil maxsulotlar sotamiz asosan uy uchun maxsulotlar. Ayrim sotaytgan maxsulotlarimzda narx juda baland qo‘yilgan va mijozlar etiroziga xam sabab bo‘lgan. Masalan bir maxsulot bizda 350 so‘m bo‘lsa, biror ko‘chadagi do‘konda 100 so‘mga xam bor. 1) shu tarzda narx qo‘yish xukmi qanday? 2) O‘zimga bu axvol yoqmayotgani va mijozlar maxsulot sifati 350 so‘mga arzimasligini ko‘p bor aytayganidan. Bu erda ishlashdan ko‘nglim sovib qolgan. Bunda qanday yo‘l tutishim kerak? Ishlab xaqiqatni aytib o‘zgartishgami yoki o‘zgarmasa bu ishxonadan ketganim maqulmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Narx belgilashda xalqni o‘ylash va insof qilish kerak. Xalqni ehtiyojidan foydalanib qimmat qilmaslik kerak. Qancha ustama qo‘ysa ham joiz aslida.2). Qo‘lingizdan kelsa va gapingiz o‘tsa arzonlashtirishni rahbarlar bilan maslahatlashing. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 02:25 | Savol-javoblar | 140 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar