Taloq qilishni xohlamasdan taloq desa
Assalomu alaykum! Men rafiqam bilan oila qurganimdan so‘ng islomiy odob bilan go‘zal oila qurishni niyyat qildim. Ayolimga namoz o‘rganadigan kitob olib berdim unga yaxshi er bo‘lishga harakat qildim ayolimga qanchalik mexribon bo‘lmay barobir uning chexrasi yorishmasdi hattoki to‘shakdagi munosabatidan hayratlanardim go‘yoki u men bilan bo‘lishni istamasdek edi. Va men ayolimdan buning sababini so‘radim. Avvaliga ayolim menga hech narsa aytmadi keyinchalik oradan 1-1,5 oy o‘tgach ayolim men bilan yasholmasligini oldin ahdu paymon qilgan sevgilisi borligini aytdi otasi majburan menga uzatgan ekan. Men vazminlik bilan unga taqdir qilingan narsa xayrliroq ekanligini oldingi sevgi hoyu havaslarga berilish yaxshi emasligini tushuntirishga harakat qildim u esa talog‘ini so‘rab holu jonimga qo‘ymadi. Men unga men seni qo‘yib yuborishni xohlamayman men bilan yashab ko‘r Alloh haqqi nikoh muqaddas rishta deb uqtirdim u esa meni umuman tinglamas talog‘imni bering deb turib oldi. Men noiloj taloqsan deb aytdim lekin umuman xotinimni qo‘yib yuborish niyyatim yo‘q edi. Keyin ikkinchi kuni u bilan suxbatlashib seni taloq qilganim yo‘q amallar niyyatga qaraladi men seni yuz bora taloq desam ham taloq emassan chunki seni qo‘yib yubormayman senga sobiq sevgilingdan ko‘ra xayrli er ekanligimni isbotlayman deb aytdim. U esa agar taloq bermasangiz o‘z jonimga qast qilaman deb meni qorqitdi va yana men seni taloq qilishni xohlamayman ammo sen o‘zing talab qilganing uchun ham majburman deb taloqsan dedim va uch marta taloq lafzi unga tegdi. Alloh guvox shu so‘zni ishlatganim uchun rosa yig‘ladim. Allohim arshingni larzaga solganligim uchun kechir. Xotinim ham ketish taraddudini ko‘rdi men unga uch oy idda saqlab keyin ketishini iltimos qildim va u ko‘ndi. Garchi taloq degan bo‘lsam ham ko‘nglimda unga taloq bermaganim uchun uni xotinim deb hisoblar edim. Unga g‘amxo‘rlik qila boshladim eb ichishiga umuman nima xojati bo‘lsa barchasiga baxoli qudrat qarashdim. Oradan hafta o‘tib ayolim mendan homilador ekanligi aniq bo‘lib qoldi. Men endi bolamni tug‘ib berib keyin ketishligini aytdim. U ko‘nmadi men yana ikki oy idda saqlab ketishi mumkinligini aytdim unga hamon g‘amxorlik qilardim va u mening felimni tushuna boshladi har bir amalimda u meni diqqat bilan kuzatar ekan va menga befarq emasligini qilgan xatosi uchun kechirolsam kechirishimni va men xohlasam bilan yashamoqchiligini aytdi. Men nima qilishim kerak iltimos menga aniq javob beringlar iltimos. Xanafiy mazxabimizda Umar ibn Xattob r.a. davridan boshlab bir lafz bilan aytilgan uchtaloq uchtaloq hisoblanar ekan payg‘ambarimiz davrlarida esa bir taloqga o‘tgan men qanday yo‘l tutay. Axir jamiyatda buzuqlik ko‘payib ketgan bir davrda yana bir zaifa buzuq yo‘lga kirib ketishi mumkin otasi oq qilishi mumkin uni sevaman. Lekin sharriyatga ham qarshi chiqa olmayman
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Uch taloq tushgan. Siz bo‘lib-bo‘lib aytgansiz. Joiz emas. Taloq qo‘ymasdan oldin so‘raganingizda yo‘lini aytib berar edik. Taloq qo‘yishni niyat qilmasdan aytgan bo‘lsangiz ham taloq tushgan. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 16:21 | Savol-javoblar | 146 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Uch taloq tushgan. Siz bo‘lib-bo‘lib aytgansiz. Joiz emas. Taloq qo‘ymasdan oldin so‘raganingizda yo‘lini aytib berar edik. Taloq qo‘yishni niyat qilmasdan aytgan bo‘lsangiz ham taloq tushgan. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 16:21 | Savol-javoblar | 146 | Oila va turmush