Xomiladorlikda namoz

Assalomu alaykum! Hozirda xomiladorman, shifokorlar tushish xavfi bor deganligi uchun davolanmoqdaman. 15 kundan beri qimirlamay yotibman, namozlarimni esa o‘tirib ado etmoqdaman. Shu joizmi? Bundan tashqari jigarrang ajralma ham kelmoqda, lekin hayz emas, bunda g‘usl vojib bo‘lmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Homiladordan qanday qon kelsa ham hayz hisoblanmaydi. Har namozga tahorat olib namozni o‘qiyvering. Qanday qodir bo‘lsangiz shunday o‘qiyvering. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 16:30 | Savol-javoblar | 140 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar