Kasb ta’limi

Assalomu alaykum! Men Toshkent davlat stomatologiya institutining 2-kurs talabasiman. Bu yildan boshlab amaliyot mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanish uchun klinikaga ishga kirdim. Meni kasbimda har xil bemorlar uchraydi. Ular orasida yoshi katta ayollar ham, yosh qizlar ham uchraydi. Ularni davolash uchun qo‘lim bilan tishlarini, lablarini ushlab ko‘raman. Bu ishim diniy jihatdan qanchalik to‘g‘ri. Bu kasbim bilan qo‘l zinosi, ko‘z zinosi qilib qo‘ymayapmanmi? Allohdan qo‘rqaman. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ixtiyor o‘zingizda bo‘lsa faqat erkaklarni qabul qilishni yo‘lga qo‘ying. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 16:38 | Savol-javoblar | 174 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar