Namozda hushu
Assalomu alaykum! Men namozda chinakam hushu topishga juda ishtiyoqdaman. Bu uchun o‘rganganlarimni ko‘plab qo‘llab ko‘rdim namozdan oldin o‘limni eslash Alloh kuzatib turganini his qilish kabilarni. Hulosam shuki inson namozda hushuni sezishi uchun avvalo nafsini gunohlardan hirsidan tiyishi qalban va jismonan pokiza bo‘lishi kerak ekan. Men Ali ibn Abu Tolib ra aytkanlaridek namoz vaqtida o‘zimni sirot ko‘prigi ustida o‘ng tomonimda jannat chap tomonimda do‘zah tepamda Alloh meni kuzatib turganini his qilishga pastda esi o‘zimni kafanlangan holatta turganimni his qilishka harakat qildim. Savolim men Allohni meni ko‘rib turganini his qilaman deb shirkka botib qolmayapmanmi? 2). Huddi hadisda Rasululloh s,a,v aytganlaridek Alloh bizni meni kuzatib turganini his qilish uchun nima qilishim kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Quyidagi hadisni o‘qing. عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ يَزِيدَ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: كَانَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ فِي دُعَائِهِ: اللَّهُمَّ ارْزُقْنِي حُبَّكَ وَحُبَّ مَنْ يَنْفَعُنِي حُبُّهُ عِنْدَكَ، اللَّهُمَّ مَا رَزَقْتَنِي مِمَّا أُحِبُّ فَاجْعَلْهُ قُوَّةً لِي فِيمَا تُحِبُّ، اللَّهُمَّ وَمَا زَوَيْتَ عَنِّي مِمَّا أُحِبُّ فَاجْعَلْهُ لِي قُوَّةً فِيمَا تُحِبُّ Abdulloh ibn Yaziyd roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam duolarida:
«Allohim! Meni muhabbating ila va muhabbati Sening dargohingda menga manfaat beradigan shaxsning muhabbati ila rizqlantirgin.
Allohim! Menga muhabbatini rizq qilib bergan narsangni O‘zing muhabbat qilgan narsada men uchun quvvat qilgin.
Allohim! Men muhabbat qilgan narsalardan mendan chetda qilganlaringni menga O‘zing muhabbat qilgan narsalarda quvvat qilgin», der edilar».
Sharh: Bu jamlovchi duoda Alloh taoloning muhabbati va U Zotning muhabbatiga eltuvchi narsalarning muhabbati so‘ralmoqda.
«Allohim! Meni muhabbating ila va muhabbati Sening dargohingda menga manfaat beradigan shaxsning muhabbati ila rizqlantirgin».
Bu jumladan muhabbat ham rizq ekanini tushunib olamiz. Alloh taoloning muhabbati ila rizqlanishni so‘rash har bir mo‘min banda uchun juda ham muhimdir. Chunki mo‘min qalb uchun Alloh taoloning muhabbatidan ko‘ra yaxshiroq ne’mat, yaxshilik, huzur, halovat va quvonch yo‘qdir.
Agar banda o‘ziga o‘xshagan bandaga ko‘ngil qo‘ymoqchi bo‘lsa, o‘sha muhabbat Alloh taoloning dargohida o‘ziga manfaat berish-bermasligini o‘ylab ko‘rishi kerak. Agar manfaat bersa, unga ko‘ngil qo‘ysin. Manfaat bermasa, ko‘ngil qo‘ymasin.
«Allohim! Menga muhabbatini rizq qilib bergan narsangni O‘zing muhabbat qilgan narsada men uchun quvvat qilgin».
Ya’ni «Sog‘lik-salomatlik, tinchlik-omonlik, molu dunyo, obro‘ va mansab, yoru do‘st kabi men muhabbat qiladigan narsalarni Sen yaxshi ko‘radigan toat-ibodat kabi narsalarga quvvat bo‘lishini O‘zing ta’minlagin».
«Allohim! Men muhabbat qilgan narsalardan mendan chetda qilganlaringni menga O‘zing muhabbat qilgan narsalarda quvvat qilgin».
Ya’ni «Men yaxshi ko‘radigan molu dunyo, mansab va imkoniyatlardan qay birini menga bermagan bo‘lsang, o‘shalarga sarflaydigan vaqtim, kuch-quvvatim va imkoniyatlarimni Sen yaxshi ko‘radigan toat-ibodat, amali solihlarni qilishim uchun quvvatga aylantirgin». (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
25 May 2022, 17:42 | Savol-javoblar | 150 | Namoz