Payg‘ambarimizni tushida ko‘rgan bo‘ladimi

Assalomu alaykum! 12 yoshlik o‘g‘lim tush ko‘ribdi. Tushida yo‘lni o‘rtasida yurib ketayotgan emishmiz. Shu vaqt qiyomat qoim boshalanibdi. Hamma insonlar o‘zini har qaerga otib yugurib qochishibdi. Biz ham o‘g‘lim bilan bir uyga kiribmiz. Ammo bu uyni faqat devori bor tomi yo‘q ekan. Osmonda chaqmoq chalib qo‘rinchilik tusga kirgan emish. O‘g‘lim daxshatga tushib qaltiray boshlabdi shu vaqt ana o‘sha erda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam paydo bo‘lib qolibdilar. O‘g‘lim ya Rasululloh man qo‘rqib ketyapman, endi nima qilamiz deb savol bersa ular qo‘rqma o‘lim qo‘rqinchilik emas, bu dunyodan hamma o‘tadi. San Allahga duo qil so‘ra va sabr qil, qo‘rqma deb aytibdilar. Soat 3 lar atrofida ekan. Tahorat olib tahajjud o‘qib olibdi. Ularni ko‘rinishlarini so‘rasam sochlar elkariga tushar tushmas qop qora rangda edi, yuzlarini rangi biroz bug‘doyroq oppoq emas edilar, bo‘ylari ham juda baland emas, ustilarida oq kiyim bor edi. Ko‘zlari qora edi deb aytdi. Shunga kimdan so‘rashni bilmay sizlarga yozay dedim. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh muborak qilsin. Siyrat kitoblarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni siz aytgan sifatda sifatlangan. Bu kabi tushlar insonni iymonini ziyoda bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 16:31 | Savol-javoblar | 174 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar