Zakot yo ehson berishimga xotinim qarshi chiqayapti
Assalomu alaykum! Hozirgi vaqtda taxminan 15mln so‘mga teng qora mol, 5mln so‘mga teng taqinchoq, 35mln so‘mgacha pulim bor. Eng asosiysi Alloh bergan farzandlarim bor. Men zakot yo ehson berishimga xotinim qarshi chiqayapti. Agar men ehson qilsam xotinim dard alamini bolalardan oladi. Shuning uchun zakot bermayapman. Men aybdor bo‘lamanmi yo xotinim?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ikkingiz ham qattiq gunohkor bo‘lasizlar va uning oqibati og‘ir. Bergan Zot olib qo‘yishga ham qodir. Alloh taolo “Tavba” surasida marhamat qiladi: يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ إِنَّ كَثِيرًا مِّنَ الأَحْبَارِ وَالرُّهْبَانِ لَيَأْكُلُونَ أَمْوَالَ النَّاسِ بِالْبَاطِلِ وَيَصُدُّونَ عَن سَبِيلِ اللّهِ وَالَّذِينَ يَكْنِزُونَ الذَّهَبَ وَالْفِضَّةَ وَلاَ يُنفِقُونَهَا فِي سَبِيلِ اللّهِ فَبَشِّرْهُم بِعَذَابٍ أَلِيمٍ 34. Ey iymon keltirganlar! Albatta, ahbor va rohiblarning ko‘plari odamlarning mollarini botil yo‘l bilan erlar va Allohning yo‘lidan to‘sarlar. Oltin va kumushni jamg‘arib, Allohning yo‘lida sarflamaydiganlarga alamli azobning «xushxabar»ini beraver.
“Kahf” surasida esa كِلْتَا الْجَنَّتَيْنِ آتَتْ أُكُلَهَا وَلَمْ تَظْلِمْ مِنْهُ شَيْئًا وَفَجَّرْنَا خِلَالَهُمَا نَهَرًا 33. O‘sha ikki bog‘ hosillarini bekamu ko‘st berar va oralaridan anhor oqizib qo‘ygan edik.وَكَانَ لَهُ ثَمَرٌ فَقَالَ لِصَاحِبِهِ وَهُوَ يُحَاوِرُهُ أَنَا أَكْثَرُ مِنكَ مَالًا وَأَعَزُّ نَفَرًا 34. Uning «mevasi» bor edi. U o‘z sherigi ila gaplashar ekan: «Mening sendan molim ko‘p va odamlarim quvvatliroq», – dedi. وَدَخَلَ جَنَّتَهُ وَهُوَ ظَالِمٌ لِّنَفْسِهِ قَالَ مَا أَظُنُّ أَن تَبِيدَ هَذِهِ أَبَدًا 35. U o‘z bog‘iga kirar ekan, o‘ziga zulm qilgan holida: «Men hech qachon buni yo‘q bo‘ladi, deb o‘ylamasman.
Kofirning holi shu: besh kunlik dunyoning hoyi-havasini abadiy deb o‘ylaydi. Unga Alloh tomonidan sinash uchun berilgan dunyo matohlarini o‘ziga faxr deb biladi va dunyo shundan iborat deb gumon qiladi. O‘ziga Alloh taolo tomonidan berilgan ne’matlarni ko‘rgan kofir ularga shukr qilish o‘rniga,
«Men hech qachon buni yo‘q bo‘ladi, deb o‘ylamasman», – deydi.
Uning fikricha, o‘zi ham, molu dunyosi ham bu dunyoda abadiy turar ekan. Bu fikri uning o‘ziga o‘zi zulm qilganidir. Chunki ayni shu fikr uni kofirlikka va osiylikka chorlaydi. Holbuki, uning molu-mulki dunyoning o‘tkinchi matohi, o‘zi esa besh kunlik dunyoning arzimas mehmoni edi. Lekin iymoni bo‘lmagandan keyin, o‘lishini o‘ylamagandan keyin odam bolasi shu holga tushadi. U nafaqat molu mulkim yo‘q bo‘lmaydi, degan da’voni, balki undan kattarog‘ini ham qiladi. Mana, o‘sha ikki boqqa sohib bo‘lgan kofirning gapining davomiga e’tibor bering-a, u yana nimalarni da’vo qilmoqda: وَمَا أَظُنُّ السَّاعَةَ قَائِمَةً وَلَئِن رُّدِدتُّ إِلَى رَبِّي لَأَجِدَنَّ خَيْرًا مِّنْهَا مُنقَلَبًا 36. Qiyomat qoim bo‘lmasa kerak, deb o‘ylayman. Agar Robbimga qaytarilsam ham, albatta, bundan yaxshi oqibatni topaman», – dedi. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
3 May 2022, 04:30 | Savol-javoblar | 145 | Ayollarga oid masalalar