Oyoq kiyimda namoz

Assalomu alaykum! Kunim ko‘chada o‘qishda o‘tadi. Alloh O‘zining farzini vaqtida ado etishga qodir qilganiga shukur. Lekin dars o‘tilmaydigan xonalarimiz sovuq bo‘ladi. Shu sababdan u xonalarda dars o‘tilmaydi. Agar bemalol bo‘lsam, yon-atrofdagi do‘konlarga yoki hatto masjidga ham borib kelaman. Lekin darsning orasida tashqariga birrovga deb ruxsat olganim uchun bunga ulgurmayman. Namoz o‘qish uchun esa er zax, xona ham juda sovuq. O‘sha payti oyoq kiyimni echmay namoz o‘qisa bo‘ladimi? Bir paytlar hatto stol ustida o‘qigan paytlarim ham bo‘lgan. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Oyoq kiyimni echish shart emas. Oyoqning osti najosatdan pok, oyoq kiyimini ichki astari to‘ng‘iz terisidan bo‘lmagan bo‘lsa bo‘ldi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 16:31 | Savol-javoblar | 146 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar