Namozning qazosini o‘tash
Assalamu alaykum! Hurmatli va aziz ilm birodarlar. Sizlarga beradigan savolim quyidagicha: Janobimiz Shayh Hazratlarining "Bir salom bilan kunduzi to‘rt, kechasi sakkiz rak’atdan ziyod nafl makruhdir" deb aytganlarini o‘qib qoldim. Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning "Qaysi bir musulmon banda har kuni Alloh uchun farzdan tashqari o‘n ikki rak’at ihtiyoriy namoz o‘qisa, albatta...." deb aytilgan hadislarini o‘qidim. Hamda "Asrdan oldin to‘rt rak’at namoz o‘qigan odamni Alloh rahm qilsin" deganlarini ham o‘qidim. Avval men kuniga 5 mahalda 32 rak’at o‘qir edim. Endi 2 oydan beri kuniga 48 rak’at o‘qimoqdaman(Allohdan xayrni umid qilgan maqsadda). Bomdoddan oldingi 2 rak’atni Hojat namozi, peshindan oldingi 4 rak’at va keyingi 2 rak’atni ham nafl, asrdan oldingi 4 rak’atni ham nafl, shomdan keyingi 2 rak’atni Avvabiyn, xuftondan keyingi 2 rak’atni Shukr namozi deb o‘qib qo‘yibman. Nima deb o‘qisam bo‘ladi endi? Qaysi birini nafl deb, qaysi birini qazolarim o‘rniga “qazo namozi” deb o‘qish mumkinmi? Javob uchun katta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Farz va vojib namozlaridan boshqa barchasini nafl namozi deb niyat qilib o‘qisangiz bo‘ladi. Vallohu a’lam.
26 May 2022, 16:31 | Savol-javoblar | 150 | Namoz
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Farz va vojib namozlaridan boshqa barchasini nafl namozi deb niyat qilib o‘qisangiz bo‘ladi. Vallohu a’lam.
26 May 2022, 16:31 | Savol-javoblar | 150 | Namoz