Toksikoz davridagi qiyinchilik
Assalomu alaykum! Ayol homiladorlikda toksikozi juda og‘ir kechib, erining uyida hech nima eyolmay qoldi. Hatto shu darajaga etdiki, ochlikdan sillasi qurib, o‘rnidan tura olmay qoldi va kasalxonada davolanib chiqdi. Ammo hech qancha vaqt o‘tmay yana shu ahvol takrorlandi. Lekin ota uyiga borsa ahvoli ancha o‘nglanib, ishtahasi ochiladi. Boshiga tushmagan odam uchun bu holat xuddi bahonaga o‘xshaydi. Ammo bu bahona emas, ayni haqiqat. Ayolning o‘zi ham bundan juda xijolatda. O‘zini majburlab ovqatlanishga ko‘p bor urinib ko‘rdi. Kun-u tun ko‘ngil aynishi sabab baribir eyolmayapti. Ahvoli og‘irlashib qolganda ota uyiga ketishga majbur bo‘lyapti. Ayol to‘g‘ri yo‘l tutyaptimi? Er vaqtinchalik sabr qilib turishi joizmi yoki ayol och-nahor sabr qilib o‘tiraverishi kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunday holatda er to‘g‘ri tushinishi kerak. Bu tug‘iladigan bola uchunam kerak. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 16:33 | Savol-javoblar | 137 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunday holatda er to‘g‘ri tushinishi kerak. Bu tug‘iladigan bola uchunam kerak. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 16:33 | Savol-javoblar | 137 | Oila va turmush