Bolalar orasiga tushish
Assalamu alaykum! Ustozlar Allohim sizlarni O‘z panohida asrasin. Savol hozirgi kunda ko‘pchilik bolalari ko‘chada o‘rtoqlari yoki boshqalar bilan urishib qolsa, kattalar o‘rtasiga tushib ajratishning o‘rniga bolalarni urib, ota-onasi bilan janjalashib, bir-birini xafa qiladi. Haligi bolalar bir soatdan keyin yana o‘ynab ketishadi, bunday holatda oraga tushgan ota-onalar gunohkor bo‘lishadimi? Hozirda buni ko‘pchilik bilishmaydi, odamlarda mehr oqibat borgan sari kamayib bormoqda. Menimcha bunga o‘zi tarbiya ko‘rmagan ilmsiz kattalarimiz sababchi bo‘lsa kerak. Hazratimizning “Sog‘lom bola” kitoblarini qo‘shnilarimga yoki masjidimizga olib borsam, domla o‘qib odamlarga eshittirsa degan fikr bor. Shunga nima deysizlar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Juda ma’qul gap. Vallohu a’lam.
26 May 2022, 16:08 | Savol-javoblar | 140 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Juda ma’qul gap. Vallohu a’lam.
26 May 2022, 16:08 | Savol-javoblar | 140 | Turli savollar