Singlisi tufayli tirilish
Assalomu alaykum! Yaqinda dugonam bitta video tashabdi. Men bu yolg‘on desam ishonmayapdi. Men unga tez orada izoxlab berishimni ayttim. Shuning uchun izoxni tez fursatda kutib kolaman. O‘z ismim Xadicha ekaniga kanchalik ishonsam bu xikoya bo‘xton ekaniga shunchalik ishonaman. Aslida buni yolg‘on ekanini Dadam aytgandilar. Izox talab kilmagandim. Lekin xozir kerak. Men dadamni shu paytgacha so‘ziga yolg‘on ko‘shganini ko‘rmadim. Menimcha sizni xam xabaringiz bor. Videoda kuyidagicha xikoya kilinadi: bir boshdan oyok gunoxga botgan odam ichgan xolda joni chikibdi. U shu xolida singlisini yoniga borayotgan bo‘ladi. Uni yuvishibdi kafanlashibdi. Lekin tobutini ko‘tarishga xech kimni ko‘li bormabdi. To‘rtta yakini ko‘tarishga majbur bo‘libdi. Yarim yo‘lga kelganda tobut ichidan tovush chikibdi. Singlisini xolidan xabar olish niyatida bo‘lgani uchun unga xoxlagunigacha yashash imkoni berilibdi. Bu yolgon desam nega axir Allohning kudrati cheksiz-ku deyapdi. Va albatta isbot xam.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh taoloning joriy qilgan qonuniyati shuki, o‘liklar qiyomatga qadar tirilmaydilar. Vafotidan 5 kun o‘tib yoki biror hodisa ketidan “tirilgan”lar haqidagi hikoya va qissalar yo haqiqat emas yo ular haqiqiy o‘limni boshidan o‘tkazmagan, balki koma yoki shunga o‘xshash holatga tushib so‘ng xushiga kelgan bo‘ladi. Alloh taolo "Munofiqun" surasida marhamat qiladi:وَأَنفِقُوا مِن مَّا رَزَقْنَاكُم مِّن قَبْلِ أَن يَأْتِيَ أَحَدَكُمُ الْمَوْتُ فَيَقُولَ رَبِّ لَوْلَا أَخَّرْتَنِي إِلَى أَجَلٍ قَرِيبٍ فَأَصَّدَّقَ وَأَكُن مِّنَ الصَّالِحِينَ وَلَن يُؤَخِّرَ اللَّهُ نَفْسًا إِذَا جَاء أَجَلُهَا وَاللَّهُ خَبِيرٌ بِمَا تَعْمَلُونَ“Va biringizga o‘lim kelib: «Robbim, agar meni ozgina muddatga orqaga sursang-u, sadaqa qilsam va solihlardan bo‘lsam», demasidan avval Biz sizlarga rizq qilib bergan narsalardan nafaqa qiling. Alloh ajali kelgan jonni hech-hech orqaga surmas. Va Alloh nima amal qilayotganingizdan o‘ta xabardordir”. (10-11-oyat).
Ushbu oyati karima Alloh taolo belgilab qo‘ygan ajal kelganida uni hargiz ortga surmasligiga, uning jonini albatta olishiga dalolat qiladi. Shunga ko‘ra, o‘limni ortga surish imkonsiz ekan, vafot etgan inson dunyoga qaytmasligi batariqi avlodir. Vallohu a’lam!
8 Oktabr 2023, 16:07 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar