O‘zini qatl qilganlar
Assalomu alaykum! O‘zini qatl qilgan ya’ni osgan inson qabrida qanday azoblanadi? Unga farishtalar qanday muomila qilishadi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hadislarda quyidagicha keladi: عَنْ ثَابِتِ بْنِ الضَّحَّاكِ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ حَلَفَ بِغَيْرِ مِلَّةِ الْإِسْلَامِ فَهُوَ كَمَا قَالَ، وَمَنْ قَتَلَ نَفْسَهُ بِشَيْءٍ عُذِّبَ بِهِ فِي نَارِ جَهَنَّمَ، وَلَعْنُ الْمُؤْمِنِ كَقَتْلِهِ، وَمَنْ رَمَى مُؤْمِنًا بِكُفْرٍ فَهُوَ كَقَتْلِهِ. رَوَى هَذِهِ الثَّلَاثَةَ الْأُصُولُ الْخَمْسَةُ Sobit ibn Zahhok roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kim Islom millatidan boshqa narsa bilan qasam ichsa, u o‘zi aytganidekdir. Kim bir narsa bilan o‘zini o‘zi o‘ldirsa, o‘sha narsa bilan jahannam olovida azoblanadi. Mo‘minni la’natlash uni qatl etish kabidir. Kim mo‘minni kofirga chiqarsa, bu uni qatl etish kabidir», dedilar».
Ushbu uch hadisni beshovlari rivoyat qilganlar.
Sharh: Kim o‘z joniga qasd qilsa, xuddi o‘zganing joniga qasd qilgandek, gunohkor bo‘ladi. Chunki unga jonni Alloh taolo bergan, shuning uchun ham jon bandaning emas, Alloh taoloning mulki hisoblanadi. O‘zini o‘zi o‘ldirgan odam Alloh taoloning irodasiga qarshi chiqqan nobakor sifatida oxiratda qattiq azoblarga giriftor bo‘ladi. Jumladan, u o‘zini bu dunyoda nima bilan, qanday qilib o‘ldirgan bo‘lsa, jahannamda ham o‘zini xuddi o‘sha narsa bilan, xuddi o‘shandoq qilib, qayta-qayta o‘ldirib turadi. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
25 May 2022, 16:34 | Savol-javoblar | 158 | Turli savollar