Bu ham muallif huquqimi?

Assalomu alaykum! Onamni telegramda savdo-sotik guruxlari bor. U erga xar xil postlarni boshka kanallardan manbaasiz oladilar, juma tayuriklari, muxim malumotlar. Men ularga manbaa bilan kuya koling, muallifning xakki bor, roziman deb koymagan ekanku, bazilar roziligi yozib kuyishadi der edim, onam esa otamga aytib norozi buldilar, otam xam meni chakirib koyib:" Vaxxobiylarcha yashaysan, o‘ylaysan, dinni tor olasan" dedilar, xukumlarni aytsam kup shunaka diydilar. Onam uzlari tikgan maxsulotlardan tashkari boshkalarni guruxidan tikilgan mollarni rasmini manbaasiz guruxga joylaydilar, o‘zlariniki emasligini xam aytmaydilar. Men chiroyli muomila bilan tushuntirar edim ularga, otamni gaplaridan sung indamay ichimda noroziman bu ishdan deb 3marta aytib koyaman. Manbaasiz olish joizmi? Joiz bulmasa men ularga bu xakida muloimlik bilan aytaymi yoki ichimda norizo ekanimni aytib ranjitmaganim makulmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Mualliflik huquqlariga rioya qilish kerak. Onangizga ranjitmaydigan tarzda tushintirishga harakat qiling.
Abu Sa’id Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Sizdan kim bir munkar ishni ko‘rsa, qo‘li bilan qaytarsin, agar qodir bo‘lmasa, tili bilan qaytarsin, agar qodir bo‘lmasa, dili bilan qaytarsin, ana o‘sha eng zaif iymondir», dedilar».
Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmagan. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 05:20 | Savol-javoblar | 143 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar