Ota va qiz haqidagi savol javobiga

Assalomu alaykum! QIZ FARZAND OTANI YuVINTIRISh @Savollar_kanal 9588-savol Assalomu alaykum! Otani qizi cho‘miltirsa bo‘ladimi? Agar u otani 5 o‘g‘li bo‘lsa xam, o‘zimiz cho‘miltiramiz deyishganidayam, qiz manam bitta o‘g‘illariman deb yuvintirishi  to‘g‘rimi? JAVOB: – Va alaykum assalom! Noto‘g‘ri. Qiz balog‘at yoshiga etgach cho‘miltirish maqsadida otaga qo‘lini tekazmasin. Vallohu a’lam! Shu savolizi okidimde savol tugildi..ota onani farzandlari fakat kiz farzand bosade ota yuvintirishka muxtoj xolda bb kosa yuvintirishi gunoxmi.. Bunaka oilala i bunaka xolatla kop boganku.. Shunaka xolatda kanday yol tutiladi..
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunday holatda otani ayoli cho‘miltirib qo‘yadi. Ayoli bo‘lmasa, tengini topib nikohlab qo‘yish kerak. Shar’iy zarurat darajasiga kelsa, qizlari otasining avratlariga teginmasdan yuvintiradi. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 11:59 | Savol-javoblar | 169 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar