Bolalarni tarbiyasi yangi yilga ketsa

Assalomu alaykum! Oilamiz zamonaviyro oila bo‘gani uchun bollarimi tarbiyasiyam shunga qarab ketvotti. O‘zim holamasamam har yili engi yilni bayram qilib dasturxon tuzab, bolalarga qorbobo kelib sovg‘a beriladi. Bollarim shu narsaga ishonib qomasligi uchun uydigilani oldida yomon ko‘rinib qomaslik uchun qanaqa yo‘l tutsam bo‘ladi? Nima deb tushuntirsam bollarimi to‘g‘ri yo‘naltiroliman? Bollarim 4,5-6,5 yoshlarda.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Dinimizda "zamonaviy" yoki "eskicha" degan gap yo‘q. Aksincha diniga amal qiluvchi solih oila va diniga amal qilmaydigan fosiq oilalar bor. Siz qorbobo deganlari to‘qima va xayoldan kelib chiqqan shaxsligini tushuntiring. Odamlar uni o‘zlari to‘qib chiqarib, hozirgi kunda niyatlarini bajo keltiruvchi xudo darajasiga chiqarib olishganini va bu shirk ekanligini tushuntiring. Chunki rizq bera oladigan, ishlarini yurishtira oladigan, niyatlariga etkazadigan Allohdan boshqa biror shaxs bor deyish, Allohga shirk keltirish hisoblanadi. Bolalaringiz biror bir yaxshi ishni bajargani uchun siz kattaroq sovg‘alar bering. Esida qoladigan bo‘lsin. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 16:40 | Savol-javoblar | 150 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar