Ro‘zam joizmi?

Assalomu alaykum! Payg‘ambarimiz (s.a.v) tug‘ilgan kunlarida ro‘za tutgan deb eshitgan, o‘qigan edim. Ertaga mani tug‘ilgan kunim ro‘za tutaman deb niyat qilgan edim. Lekin juma kuni ro‘za tutish makruh emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Juma kuni ro‘za tutish joiz. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ko‘proq juma kunida ro‘za ham tutganlar, lekin savobi ko‘p bo‘ladi degan maqsadda ro‘za tutishga juma kunini tayin qilib olish makruh, joiz emas. Tug‘ilgan kuningizda ro‘za tutishingiz bid’at hisoblanadi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 20:11 | Savol-javoblar | 151 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar