Taxorat borligini unutish

Assalomu alaykum! Taxorat olganimdan kegin bir qancha vaqt o‘tgandan kegin xuddi taxoratmi ketgandek yoki el chiqaragandek bo‘laveraman. Ko‘nglim g‘ashlanadi, bunaqa vaziyatda nima qilsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunday kishilar haqida Rasululloh solallohu alayhi vasallam quyidagicha ko‘rsatmalar berganlar. عَبَّادِ بْنِ تَمِيمٍ عَنْ عَمِّهِ أَنَّهُ شَكَا إِلَى رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ الرَّجُلُ الَّذِي يُخَيَّلُ إِلَيْهِ أَنَّهُ يَجِدُ الشَّيْءَ فِي الصَّلَاةِ ، فَقَالَ : لَا يَنْصَرِفْ حَتَّى يَسْمَعَ صَوْتًا أَوْ يَجِدَ رِيحًا  ، وروى مسلم Abbod ibn Tamim roziyallohu anhu amakisidan rivoyat qiladi:
“Amakisi Rasululloh solallohu alayhi vasallamga namozida bir narsani topkanday bo‘ladigan kishining shikoyatini etkazdi. Shunda u zot: “To ovozni eshitmagunicha yoki hidni topmagunicha namozdan chiqmasin!” dedilar”.
Fuqaholar ushbu hadisdan “Aniq narsa shubha ila ketmaydi” degan qoidani olganlar. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 16:45 | Savol-javoblar | 186 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar