Uzrli kunlarni tugadi deb o‘ylasa
Assalomu alaykum! Men birinchi marta savol yo‘llayapman xatolik bo‘lsa uzur. Savol bir kishini nomidan. Ayolini hayz kunlari tugab ayoli g‘usul qilib namozini o‘qidi va er xotinlik aloqasi bo‘ldi va ertasi kuni ayoli yana hayz ko‘rganini aytibdi. Shuning hukmi qanday bo‘ladi? O‘qigan namozi va er xotinlik aloqasini hukmi nima? Savolda xatolik bo‘lsa uzur.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qayta g‘usl qilib namozini o‘qiydi. O‘sha birinchi qon tugagani avvalgi oydagi odat kunicha masalan avvallari 5 kun hayz ko‘rib poklangan bo‘lsa, yangi oyda ham 5 kun ko‘rib poklangan bo‘lsa, keyin namoz o‘qish va er-xotinlik qilingan bo‘lsa gunohkor bo‘lishmaydi. Agar avvalgi oydagi odati 5 kun kelib, yangi oyda qon 4 kun kelib to‘xtab, er-xotinlik qilingan bo‘lsa gunohkor bo‘lishadi. Chunki odat kuni tugamasidan oldin yaqinlik qilgan hisoblanadi. Ammo g‘usl qilib namoz o‘qigani to‘g‘ri bo‘lgan. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 16:53 | Savol-javoblar | 135 | Ayollarga oid masalalar